Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ombudsman institutiga qanday qo‘shimcha kafolatlar berilmoqda? (+video)
21:36 / 2024-07-24

Inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) institutining o‘rni va ishtiroki muhim ahamiyatga ega. Ombudsman faoliyatining qonuniy asoslarini takomillashtirish esa uning samarali ish olib borishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Parlament quyi palatasining bir guruh deputatlari tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ishlab chiqildi.  

Mazkur loyihada Ombudsman institutiga qo‘shimcha kafolatlar berish nazarda tutilmoqda. Ombudsman tomonidan har yili 15 martga qadar parlament palatalariga qiynoqqa solish holatlarining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’ruza taqdim etishi ko‘zda tutilyapti. Ombudsmanga qonunchilik tashabbusi huquqi berilmoqda.  

Shu bilan birga, ayni bir shaxsning ikki martadan ortiq Ombudsman etib saylanishiga yo‘l qo‘yilmasligi ham o‘z aksini topgan.  

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yaqinda bo‘lib o‘tgan majlisida mazkur qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi. Xo‘sh, ushbu qonun loyihasini ishlab chiqish uchun qanday zarurat yuzaga keldi?

Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova batafsil so‘zlab berdi.  

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/ZwkOiLAqVJk?si=In4YJEWENkVciNsQ" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhtarama Komilova, Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA