Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ombudsman ikki yil ish haqi olmagan fuqaro manfaatini sudda himoya qildi
15:01 / 2022-11-17

Mirzaobod tumanida yashovchi fuqaro S.X. oylik maoshi ish beruvchi tomonidan to‘lanmay kelinayotgani bo‘yicha Inson huquqlari bo‘yicha vakil (Ombudsman)ning Sirdaryodagi mintaqaviy vakiliga murojaat qilgan.

O‘rganish natijasida murojaatchi “Mirzaobod chiroyi” dehqon bozorida ishlagani, ikki yildirki ish haqi olmagani ma’lum bo‘ldi.  

U bilan mehnat shartnomasi bekor qilinayotganda 2014-2022 yillardagi mehnat faoliyati bo‘yicha yakuniy hisob-kitob ham qilinmagan.  

Fuqaro murojaati qonun talablari asosida o‘rganilib, tegishli hujjatlar to‘planib, Ombudsman tomonidan murojaatchi manfaatida sudga da’vo arizasi kiritildi.  

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudi tomonidan fuqaro S.X.ga 33 million so‘mdan ortiq ish haqi  undirib berildi.  

O‘zA