Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ombudsman huzuridagi ekspert guruhi monitoring o‘tkazdi
10:06 / 2021-03-18

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) huzuridagi Qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha Milliy preventiv mexanizm doirasida faoliyat yurituvchi ekspert guruhi navbatdagi monitoringini Toshkent viloyatidagi 14-son jazoni ijro etish koloniyasida amalga oshirdi.

Monitoring tashrifida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) kotibiyati Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llashning oldini olish bo‘yicha faoliyatiga ko‘maklashuvchi sektor xodimlari ishtirok etdi.

Ekspert guruhi a’zolari dastlab koloniyadagi qisqa muddatli va uzoq muddatli uchrashuv xonalari hamda telefon so‘zlashuv xonalarida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Uzoq muddatli uchrashuv xonasida mahkumlarning yaqin qarindoshlari uchrashuvga kelgani bois, ular bilan yaratilgan shart-sharoitlar yuzasidan suhbatlar o‘tkazildi.  

Monitoring davomida koloniya oshxonasi va mahkumlarga ovqat tayyorlash jarayoni bilan tanishildi hamda oziq-ovqat ta’minoti me’yorlariga amal qilinayotganligini o‘rganish maqsadida taomnoma menyusi hamda oziq ovqat mahsulotlarini saqlash joylari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, koloniya tibbiyot bo‘limi va mahkumlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati ham o‘rganilib, respublikamizda karonavirus infeksiyasi bilan zararlanish xavfi hali saqlanib qolinayotgani sababli, ajratilishi zarur bo‘lgan dori-darmonlar ta’minoti va ularning Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining “COVID-19” bilan kasallangan bemorlarni davolash bo‘yicha tavsiya qilingan protokollarga mosligi tekshirildi.

Mahkumlarni mehnatga jalb qilish holati va mehnatni tashkil qilishda mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilinayotganligi ham o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zaruriy tavsiyalar berildi.

O‘zA