Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ombudsman: bosimga uchragan o‘qituvchi murojaati ijobiy hal etildi
20:22 / 2023-04-13

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili nomiga Buloqboshi tumanida yashovchi fuqaro O.Q.dan ish faoliyatida mehnat huquqlarining buzilayotgani bo‘yicha murojaat kelib tushgan.

Tumandagi maktablardan birida matematika fani o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritayotgan murojaatchining so‘zlariga ko‘ra, shu maktabning o‘quv tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari ish boshlaganidan buyon yig‘ilishlarda uni obro‘sizlantirishga harakat qilib kelgan. Unga bosim o‘tkazish orqali dars soatlarini o‘z tanishlariga o‘tkazib bergan.

Ombudsman axborot xizmatidan ma’lum qilishlaricha,  murojaat nazoratga olinib, viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi bilan birgalikda ishchi guruh tuzilgan holda o‘rganildi.  

O‘rganish davomida direktor o‘rinbosarining ish faoliyatida qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlanib, murojaatchidan qonunga zid ravishda olingan o‘quv soatlari o‘ziga qaytarildi. Direktor o‘rinbosari esa egallab turgan lavozimidan ozod etildi.      

O‘zA