English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ombudsman: “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayolga yordam ko‘rsatilmagan
10:23 / 2022-12-06

Uyida tabiiy gaz chaqnashidan jabrlangan bu ayol yordam so‘rab Ombudsmanga murojaat qildi...

Fuqarolar huquqlari buzilgan holatlarda Inson huquqlari bo‘yicha vakil (Ombudsman)ga murojaat qilmoqda.  

Murojaatlar ko‘paygani hisobga olinib, Ombudsmanning hududlarda mintaqaviy vakillari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.  

Ombudsmanning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakiliga  fuqarolar qabuli davomida Andijon viloyati Baliqchi tumanida yashovchi fuqaro “Ayollar daftari”ga kiritilgan bo‘lishiga qaramay, unga yordam ko‘rsatilmayotgani bo‘yicha murojaat qilgan.  

Aniqlanishicha, murojaatchi ayol Z.S.ning xonadonida shu yilning yanvar oyida tabiiy gazdan chaqnash yuz bergan. Oqibatda uning yuz va tana qismi 45 foiz kuygan. 2-guruh nogironi bo‘lgan ushbu fuqaroning operatsiya yo‘li bilan davolanishi uchun u “Ayollar daftari”ga kiritilgan. Biroq, unga yordam berilmagan.  

Murojaat mintaqaviy vakil nazoratiga olinib, tegishli tashkilotlarga murojaat qilindi. Natijada murojaatchi Z.S.ga jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uchun 30 million so‘mga yaqin mablag‘ ajratildi.  

Shuningdek, Ombudsmanning Andijondagi mintaqaviy vakiliga  Baliqchi tumanida yashovchi, jazo muddatini o‘tab ozodlikka chiqqan va hozirda probatsiya hisobida turuvchi fuqaro J.R. shaxsini tasdiqlovchi hujjatini yo‘qotgani va mablag‘i yo‘qligi sababli yangi pasport ololmayotgani bo‘yicha murojaat qildi.  

Ikki nafar voyaga yetmagan farzandi bor ushbu fuqaroning ozodlikka chiqqanidan so‘ng uning jamiyatga moslashishi, ishga joylashishiga ko‘maklashish maqsadida homiylar yordamida murojaatchining fuqarolik pasporti to‘loviga yordam ko‘rsatildi. Shaxsini tasdiqlovchi hujjatni rasmiylashtirgan fuqaro mintaqaviy vakil yordamida ishga ham joylashtirildi.  

 

N.Abduraimova,  

O‘zA