Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning 2025 yildagi faoliyati ko‘rib chiqilmoqda.
Ushbu masala yuzasidan ma’ruza qilgan Ombudsman Feruza Eshmatova 57 nafar fuqaroning mehnat faoliyati bilan bog‘liq huquqlari tiklanganini ta’kidladi.
Buzilgan huquqlarini tiklash maqsadida aholining zaif qatlamiga «pro bono" tarzda yordam ko‘rsatildi.

Ya’ni, sudlarga 88 ariza, da’vo arizasi va shikoyat kiritildi. Ularning adolatli ko‘rib chiqilishi natijasida fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatildi.
Aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish natijasida Ombudsman aralashuvi bilan fuqarolar manfaati uchun 10 milliard 575 million so‘mdan ortiq mablag‘ undirildi. Shundan ish haqi va mehnat munosabatlariga oid to‘lovlar 2 milliard 306 million so‘m undirildi.
Fuqarolarga buzilgan uy-joyi uchun to‘lab berilgan kompensatsiya miqdori uchun 3 milliard 936 million so‘m undirib berildi.
Norgul Abduraimova,
Otabek Mirsoatov (surat),
O‘zA