English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Omborxonaga yashirilgan giyohvand modda
19:44 / 2026-02-06

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasiga chek qo‘yishga qaratilgan navbatdagi tezkor tadbir amalga oshirildi.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida G‘ijduvon tumanida yashovchi fuqaro I.B.ning yashash xonadonida joylashgan omborxonasi ko‘zdan kechirildi. Tekshiruv jarayonida ushbu fuqaro tomonidan giyohvandlik moddalarini noqonuniy saqlash bilan bog‘liq holat aniqlandi.

Xususan, omborxonadan umumiy og‘irligi 31 gramm bo‘lgan “marixuana” giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil sifatida olindi. Aniqlangan giyohvandlik moddalari belgilangan tartibda rasmiylashtirildi.

Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Holatga huquqiy baho berish hamda qonun doirasida tegishli choralar ko‘rish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Bojxona organlari tomonidan giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish borasidagi tezkor profilaktik tadbirlar izchil davom etmoqda.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.