Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oltinsoyliklar uchun tuhfa – «Iste’molchilar uyi»
12:52 / 2021-08-27

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiya tomonidan ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha harakatlar strategiyasida belgilab berilgan jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirishda nafaqat davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tadbirkorlik sub’ektlari bilan ijtimoiy sheriklik asosida mahalliy hokimliklar amaliy ko‘magida bir qator ijtimoiy ahamiyatli loyihalar ishlab chiqilib, amalga tatbiq etilmoqda.

«Iste’molchi kutubxonasi» va «Iste’molchilar uyi» loyihalari ishlab chiqilib, loyiha doirasida bugungi kunda 30 dan ortiq tuman va shaharlarda «Iste’molchi kutubxonasi» va «Iste’molchilar uyi» ma’muriy komplekslari qurilib foydalanishga topshirildi.

«Iste’molchilar uyi» ma’muriy kompleksi»Iste’molchi kutubxonasi», «Iste’molchi qabulxonasi», “Book cafye» va "IT-Markaz" kabilarni o‘z ichiga qamrab oladi.

Qayd etish joizki, zamonaviy uslubda qurilgan, o‘ziga xos innovatsion yechimga ega «Iste’molchilar uyi» ma’muriy kompleksidan o‘rin olgan «Iste’molchi kutubxonasi» fondidan 6 mingdan ortiq kitoblarni o‘zida jamlagan. Unda iste’molchilarning huquqiy savodxonligini mustahkamlash maqsadida Federatsiya hamda Toshkent davlat yuridik universiteti hamkorligida ishlab chiqilgan 16 turdagi yuridik adabiyotlar turkumi ham o‘rin olgan.

Oltinsoy tumanida zamonaviy uslubda, o‘ziga xos innovatsion yechimga ega «Iste’molchilar uyi» ma’muriy kompleksi foydalanishga topshirildi. Tadbirda senat a’zolari va hokimlik, viloyat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etishdi.

Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov federatsiyaning bu kabi loyihalari viloyat aholisining iste’molchilik borasidagi huquq va manfaatlarini himoya qilishning asosiy negizi ekanini qayd etdi.

Shuningdek, yurtboshimiz tashabbusi bilan «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi» esdalik nishoni bilan taqdirlangan federatsiyaning Surxondaryo viloyati hududiy birlashmasi bir guruh faol xodimlariga esdalik nishoni tantanali ravishda topshirildi.



Abdulaziz Rustamov, O‘zA