Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oltinsoylik yoshlar mehnat yarmarkasida ishli bo‘ldi
10:14 / 2024-10-24

Surxondaryo viloyatida otaliqqa olingan, ishsiz yoshlar va xotin-qizlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etilib, ularning bandligini ta’minlashga ko‘maklashilmoqda.

Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani prokuraturasi, tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilgan mehnat yarmarkasida ham 36 ta tashkilot, muassasa va korxona 215 ta bo‘sh ish o‘rni bilan qatnashdi.  

Otaliqqa olingan, ishsiz yoshlar taklif etilgan tadbirda keyingi yillarda mamlakatimizda yoshlar va xotin-qizlarning ijtimoiy muammolarini hal etish, ularni ish bilan ta’minlash davlatimiz belgilab olgan siyosatning muhim yo‘nalishlaridan biriga aylangani ta’kidlandi. Yigit-qizlarning tadbirkorlik bilan shug‘ullanib, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishi uchun ham barcha sharoit, qulay muhit yaratilgani qayd etildi.  

Mehnat yarmarkasida ishtirokchilarning 24 nafari tumandagi tashkilot va korxonalarga ishga joylashish uchun yo‘llanma oldi. 30 dan ortig‘iga huquqiy maslahat berilib, mehnat qonunchiligi tushuntirildi.  

Xolmo‘min Mamatrayimov,  

O‘zA muxbiri