Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oltinsoyda hokim o‘zgardi
17:38 / 2025-12-30

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining bugun bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Oltinsoy tumani hokimi Bahrom Maxmatraimov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi. Tuman hokimi lavozimiga Milliy kadrlar zaxirasidan tavsiya etilgan Mavlyanov Otabek Rustamovich ma’qullandi.

Otabek Mavlyanov 1980 yil Termiz tumanida tug‘ilgan. 2001 yil Termiz davlat universitetini moliya yo‘nalishi bo‘yicha tugatgan. Mehnat faoliyati davomida mahalliy hokimliklar hamda Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari markazi tizimida turli vazifalarda,jumladan, Termiz tumani hokimining o‘rinbosari lavozimida ham mehnat qilgan.  

Tayinlovga qadar Surxondaryo viloyati investitsiyalar, sanoat va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Sessiyada Surxondaryo viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar va kelgusi rejalar haqida atroflicha so‘z yuritdi.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri