Oltinko‘lda 150 o‘rinli yangi bog‘cha foydalanishga topshirildi
Andijon viloyati Oltinko‘l tumanidagi “Jalabek” mahalla fuqarolar yig‘inida yangi 6-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.
Zamonaviy bog‘chani barpo etish uchun 2020 yilgi Investitsiya dasturi doirasida 3 milliard 760 million so‘m mablag‘ sarflandi. Qurilish ishlari “Sohibqiron Byulding” mas’uliyati cheklangan jamiyati bunyodkorlari tomonidan amalga oshirildi.
Yosh avlod kamoloti uchun barcha sharoitlarga ega yangi muassasa 150 o‘ringa mo‘ljallangan.
[gallery-385]
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA