Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oltinko‘l tumanida g‘alla o‘rimi qizg‘in pallaga kirdi
17:59 / 2022-06-10

Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida joriy yilda 4 ming 210 gektar maydonda bug‘doy yetishtirildi. Shartnoma rejasiga asosan, 12 ming 969 tonna g‘alla topshirilishi belgilangan.

Shu kunlarda tumanda g‘alla o‘rimiga kirishildi. O‘rim-yig‘im ishlari oldidan tuman hokimi Muhammadmuso Obidov g‘allachilik fermer xo‘jaliklari, o‘rim-yig‘imga mas’ul korxona va tashkilotlar rahbarlari bilan uchrashib, dalalarda g‘alladan mo‘l hosil yetishtirilganligi, uni qisqa muddatlarda uyushqoqlik bilan yig‘ishtirib olishdek muhim va mas’uliyatli vazifa turganligini ta’kidladi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni samarali tashkil etish yuzasidan mutasaddilarga topshiriq va tavsiyalar berdi.

[gallery-7531]

Mavsumda 19 ta o‘rim kombaynidan foydalanilmoqda, ishlar otryad usulida olib borilmoqda. Ishlarning samarali tashkil etilganligi natijasida o‘tgan bir necha kun ichida tumandagi “Paxta yuqori hosili”, “Agrarnik”, “Mohir sohibkor mulki”, “Robiya parranda klaster” singari xo‘jaliklar g‘alla topshirish rejasini bajardi.

Don – xalqimizning rizq-ro‘zi. Ma’lumki, Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy yildan xo‘jaliklar tomonidan sotiladigan g‘allaga bozor narxida pul to‘lash tartibi joriy etildi. Bu eng avvalo, fermer xo‘jaligi, qolaversa, xo‘jalik a’zolarining manfaatdorligini, oladigan daromadini oshirish imkonini beradi.

Xo‘jaliklar tomonidan rejadan ortgan hosil hisobidan “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga, shuningdek, kam ta’minlangan hamda ehtiyojmand oilalarga bug‘doy beriladi. Bundan tashqari, bug‘doydan bo‘shagan yerlardan ko‘plab oilalarga takroriy ekin ekish uchun yer ajratib berilishi ko‘zda tutilgan.

F. UBAYDULLAEV, Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA