FOTOREPORTAJ
Navoiy viloyati Zarafshon shahridagi “Oltin vodiy” madaniyat saroyida Zarafshon shahri tashkil topganligining 60 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tantanada Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunovning tabrigini viloyat hokimi o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev o‘qib eshittirdi.
O‘tgan asrning 50-60-yillarda Qizilqum sahrosida oltin konining topilishi respublikada qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
“Muruntov” konining o‘zlashtirilishi va 2-gidrometallurgiya zavodining ishga tushirilishi Zarafshon shahri qurilishiga asos bo‘ldi. Natijada bu shahar haqli ravishda respublikaning oltin qazib olish va ishlab chiqarish markaziga aylandi.
Davlatimiz rahbari boshchiligida olib borilayotgan islohotlar natijasida Zarafshon shahri bugun tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib bormoqda. Zamonaviy turar-joylar, yangi ijtimoiy ob’ektlar shahar ko‘rkiga-ko‘rk qo‘shmoqda.
Yangi uy-joylar qurilishi, zavod va korxonalar, yangi ish o‘rinlari ochilishi hisobiga shahar hududi yildan-yilga kengayib, aholi soni 100 ming nafarga yaqinlashib bormoqda.
[gallery-25517]
Yangi O‘zbekiston bunyod etilayotgan bugungi shiddatli davrda Zarafshon shahar hokimligi, uning fidoyi va jonkuyar rahbarlari, jasoratli insonlari, baynalmilal aholisi amalga oshirayotgan ishlar har qanday tahsinga munosibdir.
Tadbir madaniyat saroyi badiiy jamoalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan davom etdi.
Siroj ASLONOV (surat), O‘zA