French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oltin vasvasasi: tomosha fojia bilan yakunlandi
14:00 / 2024-10-11

Kolorado shtatidagi oltin konida lift buzilib, 12 kishi ichkarida qamalib qolgan. Hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘ldi.

Shu kuni sayohatchilar guruhi 50 yildan buyon diqqatga sazovor joy sifatida xususiy turistik ob’ekt vazifasini o‘tayotgan “Cripple Creekdagi Mollie Ketlin” oltin konini tomosha qilayotgan edi.

Favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari hozirgacha 11 kishi, jumladan ikki bolani qutqargan. Ularning kamida to‘rttasi yengil jarohat olgan.

– Lift muammosini oldinroq hal qilish kerak edi, – deydi Teller okrugi sherifi Jeyson Mayksel. – Ularda stullar, yengil ko‘rpa va suv bor edi. Harorat ham xavf tug‘dirmagan. Xayriyatki, shaxta qulamagan, salbiy holat uskuna nosozligi bilan bog‘liq.

Sayyohlik kompaniyasi veb-saytida yozilishicha, bir soatlik sayohat davomida turistlar “Pikes” cho‘qqisi janubi-g‘arbiy tomoniga qarab 305 metr pastga olib tushiladi.

Rasmiylar 500 fut pastlikka tushilgach, liftda mexanik muammo yuz berib, odamlar jiddiy xavfga ro‘baro‘ kelganini aytgan.

Qutqaruv guruhi yer tubida qolib ketgan 12 kishi bilan aloqa qilish uchun radio aloqasidan foydalangan.

Mutaxassislar lift tuzalishidan umid qilmoqda. Bir necha idora, jumladan qidiruv-qutqaruv guruhlari ulkan texnika vositalari yordamida ish olib boryapti.

Kolorado gubernatori Jared Polis aytishicha, jarayon uchun davlat resurslari ajratilgan.

– Bor imkoniyatni ishga solamiz, vaziyatni tez va xavfsiz hal qilishda okrugga yordam beramiz, – dedi gubernator.

Ma’lum qilinishicha, 1890-yillarda ochilgan oltin koniga faqat liftda tushiladi. Pastki manzilga yetish uchun ikki daqiqa yetarli. Tubdagi harorat Selsiy o‘lchamida 20 daraja.

Molli Ketlinga tashrif buyuruvchilar bir necha ochiq oltin hududini tabiiy holatda ko‘ra oladi. Kon 1891 yil “Cripple Creek” lagerida tilla qazib olgan birinchi ayol Molli Ketlin Gortner sharafiga nomlangan.

Musulmon Ziyo, O‘zA