Oltin va kumush esdalik tangalari sotuvi yo‘lga qo‘yilmoqda
Markaziy bank tomonidan joriy yilning 30 avgustidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlangan oltin va kumushdan tayyorlangan esdalik tangalari sotuvga chiqariladi.
Esdalik tangalarining dizaynlari O‘zbekiston Badiiy akademiyasining mutaxassislari bilan hamkorlikda ishlab chiqildi.
Oltin va kumush esdalik tangalarini tijorat banklarining filiallarida sotib olish mumkin.
Esdalik tangalarining sotuvi yo‘lga qo‘yilgan tijorat banklari filiallarida belgilangan tartibda qaytarib sotib olish amalga oshiriladi.
Sh.Mamaturopova, O‘zA