French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oltin tangalar 100 ming soʻmga arzonlashdi
21:35 / 2019-04-23

Markaziy bank oltin va kumush tangalarning yangi narxlarini eʼlon qildi.


Markaziy bank oltin va kumush tangalarning yangi narxlarini eʼlon qildi.

Markaziy bank esdalik tangalarning 2019 yil 24 apreldan amalda boʻladigan narxlarini belgiladi.

Unga koʻra:

1 ta oltin tanga narxi – 13 400 000 soʻm;

1 ta kumush tanga narxi – 252 000 soʻmni tashkil etdi.

photo5330236873592908338.jpg

Esdalik tangalarning har birini ogʻirligi 31,1 grammdan iborat. Metallar probasi 999,9 ga teng.

Eslatib oʻtamiz, sotuvga 1994-2009 yillarda zarb etilgan, 2 xil oltin hamda 14 xil kumush esdalik tangalari qoʻyilgan. Ularning asillik darajasi 999,9 hamda ogʻirligi 31,1 grammdan iborat. 2018 yil 28 noyabrdan boshlab esdalik tangalarini tijorat banklarining ayrim filiallarida naqd va naqd pulsiz hisob-kitoblar asosida sotib olish yoʻlga qoʻyildi.

Esdalik tangalarni sotish narxi Markaziy bank tomonidan har haftada kamida bir marta milliy valyutada belgilanadi.