Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oltin quymalari narxi rekord darajaga ko‘tarildi
15:07 / 2026-03-03

Ma’lumki, so‘nggi bir yilda O‘zbekistonda oltin quymalari narxi qariyb ikki barobar qimmatladi.

Markaziy bank 2026-yil 3-mart kun mamlakatda oltin quymalari narxini yangiladi. Natijada oltin quymalari narxi rekordga ko‘tarildi. 5 grammlik quyma birinchi marta 10 million 864 ming so‘mga chiqdi. Bu 29-yanvardagi rekordni yangiladi.  

100 grammlik quyma 217 million 281 ming so‘m. Ushbu quyma 2025-yil yanvarda 116,6 million so‘mga sotuvda edi. Qayd etilishicha, bir yildan biroz ko‘proq vaqt ichida quymalar narxi qariyb ikki barobarga oshgan. Oltin quymalarini banklardan xarid qilish va qayta sotish mumkin. Banklar qaytarib sotib olishda quymaning qadog‘i butligiga qarab, real narxdan 4–5 foiz pastroq narxda taklif qiladi. Bu tizim investor va qimmatbaho metall ishqibozlari uchun qulay imkoniyatlar yaratadi.  

Oltin quymalari narxining rekord darajaga ko‘tarilishi nafaqat global va mahalliy iqtisodiy omillar, balki aholi va investorlar o‘rtasida qimmatbaho metallarga talabning oshishi bilan ham bog‘liq. Bu holat banklar va moliya institutlari uchun ham qimmatbaho metall bozorida yuqori likvidlik va investitsiya imkoniyatlarini ta’minlamoqda.  

Sh.Mamaturopova, O‘zA