Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Oltin qalam – 2025» g‘oliblari tantanali ravishda taqdirlandi (+video)
13:38 / 2025-06-29

2025 yil 27 iyun kuni Toshkent shahridagi Xalqaro anjumanlar saroyida «Oltin qalam» XIX Milliy mukofoti g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu yilgi tanlovda 12 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.

Tadbir avvalida Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov davlat rahbarining ommaviy axborot vositalari xodimlariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi. Shundan so‘ng Prezident farmoniga binoan qator OAV xodimlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

Bosma matbuot yo‘nalishida «Buxoro yoshlari» gazetasi bosh muharriri Lola Hayitova,

internet nashrlari bo‘yicha Dunyo AA bosh mutaxassisi Farida Islomova,

radio yo‘nalishida O‘zbekiston radiokanali katta muharriri Halima Mahammadsaidova,

televideniye yo‘nalishida esa MY5 telekanali jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Ushbu g‘oliblarga har biri uchun 68 million so‘mdan pul mukofoti topshirildi.

Shuningdek, O‘zbekistonda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarni xorijiy ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib kelayotgan jurnalistlar ham taqdirlandi.

Marosim yakunida eng nufuzli sovrin — «Oltin qalam» XIX Milliy mukofoti Gran-prisi «Gulxan» jurnali muharririga topshirildi. Unga bosh sovrin sifatida Chevrolet Onix avtomobili kaliti taqdim etildi.

Tadbir davomida mukofot egalarining jurnalistika sohasidagi halol mehnati, ijtimoiy faolligi va jamiyatdagi dolzarb masalalarni yoritishdagi hissasi yuksak baholandi. «Oltin qalam» mukofoti esa jurnalistlarning kasbiy yutuqlarini munosib qadrlash, ularni yanada yangi g‘oya va yondashuvlarga ilhomlantirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/kNB70mReHxg" title="“Oltin qalam – 2025” g‘oliblari tantanali ravishda taqdirlandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

F.Yaxshiboyeva, Yo.Melibayev I.Ismatov, (video), O‘zA