Oltin narxida rekord kuzatildi
Oltin narxi global miqyosda tarixiy cho‘qqisiga ko‘tarildi.
Bugun erta tong Nyu-York “Comex” birjasida oltin fyuchersi narxi 133,9 dollar yoki 2,61 foiz oshib, bir troya unsiya uchun 5254,5 dollarni tashkil etdi.
Indikator tarixda mlk bor shunday darajaga chiqdi. “BCS World of Investments” fond bozori eksperti Aleksandr Shepelev avvalroq ta’kidlaganidek, xalqaro maydonda tillaning qiymati o‘ta yuqoriligicha qolmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, sanksiya va savdo deglobalizatsiyasi kuchayishda davom etadigan bo‘lsa, oltin narxi uch-to‘rt yil ichida o‘n ming dollarga yetishi mumkin.
G.Sattorova, O‘zA