French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oltin narxi ikki haftalik o‘sishdan keyin pastladi
19:36 / 2026-01-30

Qimmatbaho metallar bozorida so‘nggi ikki haftalik o‘sishdan keyin ilk bor pasayish kuzatildi. Bu pasayishning asosiy sababi AQSH dollari kursining mustahkamlanishi bo‘ldi.

30 yanvar kuni jahon bozorlarida oltin narxining bir unsiyasi 5 208,93 dollar atrofida baholangan va kun davomida to‘rt foizdan ortiq pasayish qayd etilgan. Shu bilan, oltin so‘nggi ikki haftadagi birinchi pasayishni boshdan kechirdi

Eslatib o‘tamiz, 29 yanvarda oltin narxi 5 500 dollardan oshib, tarixiy rekordni yangilagandi.

Iqtisodchilar fikricha, oltin narxining tushishida AQSH dollari indeksining 0,5 foizga oshishi muhim rol o‘ynagan. Dollar mustahkamlanishi investorlar uchun qimmatbaho metallarni sotib olishni nisbatan qimmatlashtiradi, natijada oltin quymalari narxi tezda pasayadi. Shu kuni oltin narxi 4,8 foizga kamaydi, bu esa jahon bozoriga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi.

Oltin narxining o‘zgarishi global iqtisodiyot va investorlarninghisob-kitobiga ham bevosita bog‘liq. Dollar mustahkamligi odatda qimmatbaho metallga nisbatan talabni pasaytiradi.

F.Yaxshiboyeva, O‘zA