Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Oltin kuz” iste’dodlarni kashf etdi
18:09 / 2023-10-19

FOTOREPORTAJ

Yoshlar Ittifoqi Namangan viloyati kengashi tashabbusi bilan 11-bolalar musiqa va san’at maktabi hamkorligida o‘tkazilgan “Oltin kuz” tanlovi tasviriy san’at sohasidagi iqtidorlarni kashf etgan chinakkam iste’dod maydoni bo‘ldi.

Tanlovda viloyat umumta’lim maktablarining 7 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan 155 nafar o‘quvchisi o‘z mahoratini namoyish etdi.  

Ishtirokchilar tomonidan tanlovga taqdim etilgan rasmlarda kuz manzaralari aks etishi bilan birga, hayotga bo‘lgan mehr va intilish, bolalarcha beg‘uborlik, g‘ayrat va shijoat, kelajakka bo‘lgan orzular mutlaqo o‘zgacha ranglarda tasvirlab berilgan.

[gallery-14109]

Tanlovda Namangan shahar hokimi o‘rinbosari Akbarjon Domlajanov ishtirok etib, iste’dodli o‘g‘il-qizlarning ijod namunalari bilan tanishdi, yaxshi tilaklar bildirdi.  

Hakamlar hay’ati tomonidan mahorati yuksak baholangan Laziza Azizova birinchi, Asilzoda Rustamjanova ikkinchi, Aziza Asqaraliyeva uchinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, besh nafar o‘quvchi turli nominatsiyalarda g‘olib, deb topildi.  

 

Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA