Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Oltin Humo” – kinoijodkorlar uchun yuksak e’tirof (+video)
20:00 / 2022-12-29

Joriy yilning 28 dekabr kuni poytaxtimizdagi Kinochilar uyida “Oltin Humo” milliy mukofotini topshirish marosimi o‘tkazildi.

Marosim jarayonida taniqli aktyor va nominatsiya g‘oliblaridan intervyu oldik.  

– “Oltin Humo” milliy kinotaqdimoti haqiqiy ma’noda bayram, –dedi O‘zbekiston xalq artisti Rajab Adashev. – Negaki, unda kinoijodkorlarimiz mehnati e’tirof etiladi. Albatta, bu taqdimotda kimdir sovrindor bo‘ladi va yana kimlargadir g‘oliblik nasib etmasa, xafa bo‘lmasligi kerak. Kelasi yil, albatta olishi mumkin. Buning uchun harakat bor. O‘zbek kinosi rivojlanyapti. Ochig‘ini aytish kerak, Yangi yil bayrami arafasida ushbu taqdimot o‘tkazilishi yanada quvonarli. Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston xalqini kirib kelayotgan 2023 yil bilan chin qalbimdan tabriklayman.  

Tadbirda “Eng yaxshi erkak roli” nominatsiyasi g‘olibligi marhum aktyor Hoshim Arslonovga nasib etdi. “Oltin Humo” maxsus statuetkasi uning o‘g‘li Bobur Arslonovga topshirildi.  

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/NT42dkin7nE" title="“OLTIN HUMO" – KINOIJODKORLAR UCHUN YUKSAK E’TIROF" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>

– Tashkilotchilarga katta rahmat. bugungi kunda kino sanoati rivojlanmoqda. O‘zim shu kino sohasida 30 yildan buyon ijod qilaman. bugungi kunda sohaga katta e’tibor qaratilmoqda. Shuning uchun Prezidentimizga o‘z tashakkurimni bildiraman. Nasib qilsa otamning darajalariga yeta olmasam ham o‘z o‘rnimga ega bo‘lishga intilaman. Mashhur aktyor Hoshim Arslonovga berilgan milliy mukofot oilamizni quvontirdi, – dedi Bobur Arslonov.  

Taqdimotda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, taniqli rejissyor Zulfiqor Musoqov “Eng yaxshi ssenariy” va “Eng yaxshi rejissyorlik ishi” nominatsiyalari bo‘yicha mukofotlandi.  

– Bunday e’tirofdan boshimiz osmonga yetdi. Kutmagan edik. Albatta, xursandman. Bu tanlov hakamlarning ovoz berish natijasi deyish mumkin. Agar, film odamlarning dilida qolsa, u arzigan bo‘ladi. 2023 yilda ham rejalar bisyor. Shu kunlarda operatorimiz Nyu-York shahrida “Osmondagi bolalar-3” filmining oxirgi  kadrlarini olyapti.  Rejamiz bo‘yicha Navro‘z bayrami arafasida tomoshabinlar e’tiboriga havola etmoqchimiz, – dedi Z.Musoqov.  

Nasiba ZIYODULLAEVA, Doniyor YOQUBOV (video), O‘zA