Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oltiariqliklar joriy yilda 67 ming tonna uzum eksport qilish rejalashtirgan
06:50 / 2023-08-13

FOTOREPORTAJ

Oltiariq tumani mirishkorlari dehqonchilik sohasida o‘ziga xos tajriba maktabi yaratgan. Shu sababli Oltiariq uzumi, o‘rik, shaftoli, olma, bodring, turp kabi meva-sabzavotlari nafaqat mamlakatimiz, balki uzoq-yaqin xorij davlatlarida ham xaridorgir.

Tumanning 3 ming gektar yerida uzum bog‘i barpo etilgan bo‘lib, joriy yilda 67 ming tonna uzum eksport qilinishi rejalashtirilgan. Shu maqsadda 68 ming 300 tonna sig‘imga ega 83 ta muzlatgichli omborxona bunyod etilgan. Bu yil yakuni bilan Oltiariqda qariyb 100 million dollarlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish imkonini beradi.  

[gallery-13110]

Tadbirkor Adhamjon Abdurahmonov bir necha yildan buyon bank kreditlaridan foydalanib, bog‘dorchilik fermer xo‘jaligi, transport-logistika markazi faoliyatini kengaytirib borayotir. Shuningdek, tadbirkor tomonidan Germaniya, Niderlandiya texnologiyasi asosida 3 ming tonna sig‘imga ega muzlatgichli omborxona tashkil etilgan. Pishiqchilik mavsumida eng sara meva-sabzavotlar zaxiraga jamg‘arilib, qish-bahor oylarida MDH davlatlariga eksport qilinadi.

- Bosqichma-bosqich olis masofaga yuk tashishga mo‘ljallangan 70 ta zamonaviy avtomashina xarid qilinib, “O‘tkir man trans” transport-logistika markazi faoliyatiga asos solindi, - deydi tadbirkor A.Abdurahmonov. - Bu yil “O‘zmilliy bank”ning xorijiy kredit liniyasidan foydalanib, yana 10 ta yuk mashinasini keltirish bo‘yicha shartnoma imzolandi.  

Bugungi kunda tadbirkorlik sub’ektida 100 dan ziyod ish o‘rni yaratilgan, har oyda o‘rtacha 1200-1300 tonna qishloq xo‘jaligi mahsuloti MDH davlatlari bozoriga yetkazib berilmoqda. Hozirda tumanda yetishtirilgan sarxil mevalarni Yevropa, Arab davlatlariga eksport qilish maqsadida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.  

Imkoniyat va imtiyozdan unumli foydalangan holda tadbirkor yaqin kelajakda uzumni sanoat usulida qayta ishlab, sharbat tayyorlash, tabiiy usulda qadoqlash va eksport qilishni maqsad qilgan.

 

Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA