Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oltiariqlik yosh tadbirkor matbaa mahsulotlari ishlab chiqaradigan seh ochdi
12:52 / 2017-01-19

Mamlakatimizda izchil amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati navqiron avlod vakillarining turli sohalarda o‘z iste’dod va salohiyatini keng namoyon etishida muhim omil bo‘lmoqda.

Mamlakatimizda izchil amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati navqiron avlod vakillarining turli sohalarda o‘z iste’dod va salohiyatini keng namoyon etishida muhim omil bo‘lmoqda. Xususan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlarning bu boradagi intilish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, biznes loyihalarini moliyalashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2014-yil 6-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir. Buni Farg‘ona viloyati yosh tadbirkorlari faoliyati misolida ham yaqqol ko‘rish mumkin.

– Yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, ular uchun yangi ish o‘rinlari yaratish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish mamlakatimiz iqtisodiyotining yuqori o‘sish sur’atlari barqarorligini ta’minlashga xizmat qilmoqda, – deydi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi raisi o‘rinbosari Ahadjon Akbarov. – “Yosh tadbirkor – yurtga madadkor”, “Vatanim taraqqiyotiga mening hissam”, “Mening biznes g‘oyam”, “Biznes avtobus” kabi loyihalar asosida ko‘plab yigit-qizlar tadbirkorlik sohasida muvaffaqiyatga erishmoqda. Xususan, 2016-yilda “Mening biznes g‘oyam” loyihasining mamlakat bosqichi g‘oliblari orasidan viloyatimizdan 10 nafar ishtirokchi o‘rin oldi.

Viloyat bo‘yicha tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan 7 ming 530 nafar yosh, jumladan, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari “Yosh tadbirkor” konsultativ markazi tomonidan mazkur loyihalar orqali qamrab olindi. Shundan 270 dan ortiq bitiruvchiga imtiyozli kredit olishda amaliy ko‘mak berildi.

Yoshlar bilan tashkil etilayotgan ochiq muloqotlarda mamlakatimizda tadbirkorlarga yaratilgan imtiyoz va preferensiyalar, qonun hujjatlarida xususiy sektor vakillarining huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan normalar, soliq, bojxona va ro‘yxatdan o‘tkazish turlari bo‘yicha imtiyozlar, moliya-kredit masalalaridagi erkinlik hamda eksport-import jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar xususida atroflicha ma’lumot berilmoqda. Albatta, amalga oshirilayotgan bunday tadbir va loyihalar samarasida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yayotgan yoshlar safi kengayib bormoqda.

“Mening biznes g‘oyam” loyihasi oltiariqlik Elyorjon Sohibovga o‘z ishini yo‘lga qo‘yishga yordam berdi. U tanlovning mamlakat bosqichida g‘olib bo‘lib, “Agrobank”ning 18 million so‘mlik imtiyozli kreditini oldi. Yosh tadbirkor ushbu mablag‘ hisobidan matbaa mahsulotlari ishlab chiqaradigan sex tashkil etdi.

– Biznes g‘oyamni amalga oshirishda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va tijorat banki yaqindan yordam berdi, – deydi E.Sohibov. – Biz, yoshlar rejalarimizni amalga oshirish borasida yaratib berilayotgan sharoit va imkoniyatlar uchun davlatimizdan minnatdormiz.