Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oltiariqda yangi sport maydonchasi
14:03 / 2025-08-19

Mustaqilligimizning 34 yilligi bayrami arafasida Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidagi 39-maktab hududida zamonaviy universal sport maydonchasi qurilib, tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

Mazkur maydoncha “Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida sportchi qizlarning yutuqlarga erishgani tufayli barpo etildi. 2024 yilda parayengil atletika sport turi bo‘yicha respublika bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan Gulnora Kamolova   Oltiariq tumanining faxri sanaladi. U sportdagi muvaffaqiyati sababli butun mahallaning iftixoriga aylandi.

Yangi inshootning ochilish marosimida tuman hokimligi vakillari, maktab jamoasi, sportchi yoshlar va jamoatchilik ishtirok etdi. Tuman hokimi o‘rinbosari Azimjon Islomov yoshlarni tabrikladi.

Yangi sport maydonchasi universal bo‘lib, u futbol, voleybol, basketbol kabi turli sport turlarini o‘tkazishga mos. Shuningdek, mahalliy bolalar va o‘smirlar uchun kechki vaqtlarda ham mashg‘ulotlar o‘tkazish imkoniyati yaratilgan.

Nigora Rahmonova, O‘zA