French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oltiariqda «Tibbiy brigadalar» tashkil etilmoqda
11:27 / 2021-01-27

Sog‘liqni saqlash sohasida birlamchi tibbiyot tizimi rivojisiz yuqori natijaga erishish mushkul.

Shu bois, birlamchi bo‘g‘inni takomillashtirish, faoliyati samaradorligini oshirish borasida muhim vazifalar belgilangan.

Farg‘ona viloyatida ham umumiy amaliyot shifokori o‘rniga oilaviy shifokor va unga yordamchi sifatida 5 nafar o‘rta tibbiyot xodimidan iborat “tibbiy brigadalar” tashkil etilmoqda.

Ona va bola sog‘lig‘iga e’tiborni kuchaytirish maqsadida joriy yilda 15 yoshgacha bo‘lgan 898 mingdan ziyod bolalar va 94 ming nafar homilador ayollarga 7 turdagi vitaminlar, bolalar uchun parazitar kasalliklarga qarshi dori vositalarini bepul tarqatish choralari ko‘riladi. Tibbiy xizmatlar ko‘rsatishda birlamchi bo‘g‘in qamrovini kengaytirish maqsadida bu yil 10 ta oilaviy shifokor punkti va 2 ta qishloq oilaviy poliklinika, keyingi ikki yilda esa 17 ta oilaviy shifokor punkti va 5 ta oilaviy poliklinikalar ishga tushirish ko‘zda tutilgan.  

Shu bilan birga, xususiy tibbiyot sektorini rivojlantirish borasida umumiy qiymati 367 milliard so‘m bo‘lgan 13 ta loyihalar amalga oshirilmoqda.

Marg‘ilon shahri va Oltiariq tumanida tajriba sifatida yangi tibbiy profilaktika va patronaj tizimini joriy etish ishlariga kirishildi. Birgina Oltiariq tumaniga viloyat mahalliy byudjeti hisobidan 23 milliard so‘m mablag‘ ajratilib, tibbiy xizmat sifatini yaxshilash ishlari olib borilmoqda.

[gallery-923]

– bugungi kunga qadar 220 nafar shifokor, 1 ming 737 nafar o‘rta tibbiyot xodimlari, shundan 321 nafar patronaj hamshiralardan iborat 72 ta “tibbiyot brigadalari” tashkil etildi, – deydi tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Abrorjon Ibragimov. – “Tibbiyot brigadalari” tomonidan tuman aholisining 210 ming 766 nafari yoki 98,2 foizi xatlovdan o‘tkazildi. O‘rganishlar natijasida 143 ming 687 nafar katta yoshdagi aholi orasida ortiqcha vazn, semizlik, aholining meva va sabzavotlar, sut mahsulotlarini kam iste’mol qilishi, jismonan nofaol hayot kechirishi kabilar aniqlandi. Jumladan, nafas a’zolari, qon va qon yaratish, qon aylanish tizimi kabi surunkali kasalliklar ko‘proq qayd etilgan. Aholi 4 ta guruhlarga tasniflanib, salomatliklarini mustahkamlash ishlari olib borilmoqda. 67 ming nafardan ortiq bolalar o‘rtasida ham kasalliklar aniqlanib, nazoratga olindi.  

Sog‘liqni saqlash vazirligi mutasaddi xodimlaridan iborat ishchi guruhi tomonidan tibbiyot xodimlari uchun 4 marotaba o‘quv seminarlari tashkil etildi. Shuningdek, hududlarda sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotiga alohida e’tibor qaratilyapti. Ommaviy sport tadbirlari tashkil etilmoqda.  

bugungi kunda chekka qishloqlardagi shifokorlik punktlarini moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va aholiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish muhim vazifa sanaladi. Ayni kunlarda mazkur tumanda 14 ta tibbiyot muassasa qayta ta’mirlanib, zarur jihozlar bilan ta’minlanyapti. Har bir salomatlik maskaniga optik tolali kabellar tortilayotgan bo‘lib, zamonaviy axborot texnologiyalari asosida faoliyat olib boriladi. Barcha tibbiyot xodimlariga planshetlar olib berildi. Shuningdek, oilaviy shifokorlar faoliyatini baholash mezonlari va rag‘batlantirish tartibi ishlab chiqilmoqda.

Tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i sektoridagi 39-qishloq oilaviy punktidagi sharoit umuman talabga javob bermasdi. Hozirda bu yerda rekonstruksiya ishlari olib borilayotgan bo‘lib, qayta ta’mirlanmoqda. “G‘ayrat” mahalla fuqarolar yig‘inidagi sobiq 2-sonli shifoxona bir necha yillardan buyon foydalanilmasdan bo‘sh turardi. Tadbirkor Ma’mirjon Misirov tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosida zamonaviy klinikani bunyod etish ishlari boshlandi. Mazkur loyiha uchun 14 milliard so‘mga yaqin mablag‘ sarflanadi hamda 200 ta ish o‘rni yaratiladi. Klinika diagnostika, laboratoriya jihozlari bilan ta’minlanib, turli kasalliklarni davolash yo‘lga qo‘yiladi.

Inson salomatligi – bebaho ne’mat. Oltiariq tumanida tajriba sifatida boshlangan ezgu sa’y-harakatlar zamirida ham aholi salomatligini mustahkamlashdek ulug‘vor maqsad mujassam.

M. SULAYMONOV, M. QODIROV (surat), O‘zA