French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oltiariq tumanida qariyb 70 million dollarlik mahsulot eksport qilindi
12:15 / 2020-12-11

Xalq deputatlari Oltiariq tumani Kengashi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Oltiariq tumanida 2020 yilda amalga oshirilgan ishlar va 2021 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida tuman hokimi Xolmirza Niyozovning hisoboti tinglanmoqda.

Qayd etilganidek, tumanda kichik biznes, oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilik va kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish hamda mahalla guzarlarida aholini kasb-hunarga o‘qitish va tadbirkorlikka jalb qilish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilgan.

Xususan, joriy yilda 382 ta yangi kichik biznes hamda 671 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’ekti tashkil etilib, 1 ming 400 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi. Aholi bandligini ta’minlash va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida 780 ta fuqaro va tadbirkorlik sub’ektiga 23 milliard 948 million so‘m imtiyozli kredit ajratildi.

2020 yilning ayni paytiga qadar 4 ming 866 ishsiz fuqaroning bandligi ta’minlandi. Shundan 2 ming 554 nafarini ayollar tashkil etadi.

Tumanda hozirgi kunga kelib 69 million 270 ming dollarlik maxsulot eksport qilindi.  

“Temir daftar”ga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikdan chiqarish, “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati natijalari, ayollar va yoshlar daftarlarini shakllantirish bo‘yicha ham qator ishlar qilindi.

Kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalarga “Sahovat va ko‘mak” jamg‘armasi xisobidan jami 4 milliard 393 million so‘mlik beg‘araz yordam manzilli yetkazib berildi. O‘tkazilgan xatlovlar natijasida aniqlangan 3 ming 84 ta ehtiyojmand oiladagi 14 ming 48 nafar fuqaro “Temir daftar”ga kiritildi. Oilalardagi ishsiz bo‘lgan mehnatga layoqatli 2 ming 624 nafar fuqaroni yil yakuniga qadar ishga joylashtirish orqali “Temir daftar”dan chiqarish rejalashtirilgan. 2 ming 267 oiladagi 2 ming 503 nafar fuqaro ish bilan ta’minlandi.  

Tuman kengashining qarori va fuqarolarning murojaatlariga asosan 2 ming 8 ta oiladagi 9 ming 648 nafar fuqarodan 2 ming 202 nafari ish bilan ta’minlanganligi sababli “Temir daftar”dan chiqarildi. Xozirgi kunda “Temir daftar”da 1 ming 76 ta oila qolmoqda.  

2020 yil yanvar-noyabr oylarida 1 ming 647 nafar mehnat migranti tumanga qaytgan. Migratsiyadan qaytgan 128 nafar fuqaroning tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan bandligi ta’minlangan. 48 nafar fuqaro mustaqil ravishda ishga joylashgan. 67 nafari o‘z tadbirkorligini boshlagan. 485 nafarining norasmiy sektorda bandligi aniqlangan.

[gallery-377]

N.Nasriyev, O‘zA