Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Olti oyda 481 mingdan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatildi
13:43 / 2022-07-26

Toshkent viloyat adliya boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent viloyatida joriy yil o‘tgan 6 oyi davomida tuman va shahar Davlat xizmatlari markazi orqali aholiga 481 ming 352 ta davlat xizmati ko‘rsatildi. Shuningdek, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali 82 ming 290 ta onlayn ariza kelib tushgan.

Birgina onlayn tartibda davlat xizmatlaridan foydalanish talabining ortishi o‘tgan yilning mos davriga solishtirilganda 46 foizga ortganini ko‘rish mumkin.

Shu davr mobaynida ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlik sub’ektlari soni 15 ming 221 tani tashkil etgan bo‘lsa, shundan 3 ming 746 tasi yuridik shaxslar, 11 ming 475 tasi yakka tartibdagi tadbirkorlardir. Davlat ro‘yxatidan o‘tgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar soni esa 19 tani tashkil etdi.  

Eng ko‘p davlat xizmatlari Angren shahar Davlat xizmatlari markazi orqali ko‘rsatildi. Jumladan, Angren shahrida 41 ming 923 ta, Zangiota tumanida 32 ming 570 ta, Chirchiq shahrida 32 ming 199 ta, Toshkent tuman DXMda esa 31 ming 875 ta davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Tuman markazlaridan uzoqda joylashgan hududlar hamda aholi ehtiyojlaridan kelib chiqib, viloyatda Davlat xizmatlari markazining 8 ta filiali tashkil etilgan bo‘lib, ular tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar soni 10 ming 604 tani tashkil etdi.

Hududlarga chiqqan holda tashkil etilgan 494 ta sayyor tadbir davomida aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga jami 25 ming 448 ta sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

 

A.Musayev, O‘zA