Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Olti nafar sudya vakolati muddati davriga qayta tayinlandi
12:13 / 2022-03-24

Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yig‘ilishida ayrim sudyalarni vakolati muddati davriga qayta tayinlash masalasi ko‘rib chiqildi.

Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ochiq tanlov va muqobillik asosida o‘tgan jarayonda olti nafar sudya vakolati muddati davriga qayta tayinlandi.  

Kengash qarori bilan: 

Narziyev Zufar Ziyodilloyevich – sudyalik vakolati muddati davriga Navoiy viloyati sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va  shu munosabat bilan Surxondaryo viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi; 

Malikov Muhiddin Abdihomidovich – sudyalik vakolati muddati davriga Surxondaryo viloyati sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Dehqonobod tuman sudining raisi lavozimidan ozod qilindi; 

Jumabayev Bekzod Abduvohidovich – sudyalik vakolati muddati davriga Samarqand viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi raisining o‘rinbosari lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Samarqand viloyati sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi; 

Xolboyev Alisher Rahmatovich – sudyalik vakolati muddati davriga Samarqand viloyati sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Andijon viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Asaka tuman sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi; 

Komilova Muqaddas Abduhafizovna – sudyalik vakolati muddati davriga Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Bo‘ston tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi; 

Isomiddinov Xurshidbek Qobilovich – sudyalik vakolati muddati davriga Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Bo‘ston tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi. 

O‘zA