Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Olotning “Yosh kitobxon”lari aniqlandi
16:42 / 2026-02-02

Buxoro viloyati Olot tumanida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning intellektual salohiyatini oshirish, mustaqil fikrlash qobiliyati hamda ma’naviy dunyoqarashini rivojlantirishga qaratilgan “Yosh kitobxon” tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tanlov mamlakatimizda yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini yuksaltirish, kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish hamda kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etishga xizmat qilayotgan eng ommabop va nufuzli loyihalardan biri hisoblanadi.

Tanlovning asosiy maqsadi bolalar va yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini shakllantirish, ularni badiiy va ilmiy adabiyotlarni muntazam o‘qishga undash, shuningdek, yoshlarning bilim saviyasi va dunyoqarashini yanada kengaytirishdan iboratdir.

Bellashuv jarayonlarida ishtirokchilar belgilangan yosh toifalari bo‘yicha o‘zlarining kitobxonlik mahorati, o‘qilgan asarlar mazmuni bo‘yicha bilimlari, tahlil qilish va fikr bildirish qobiliyatlarini namoyish etdi. Hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan ishtirokchilarning chiqishlari xolisona va adolatli baholandi. 

Tanlov natijalariga ko‘ra, g‘oliblar 10–14 yosh toifasida – O‘zbekiston mahallasidan Baxmaloy Xudoyberdiyeva, 15–19 yosh toifasida – Bo‘ston mahallasidan Madina Shomurodova, 20–30 yosh toifasida – O‘zbekiston mahallasidan Mahliyo Xudoyberdiyeva faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Tadbir yakunida g‘olib hamda faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Shu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yosh avlodning kitobga bo‘lgan mehrini oshirish, ularni bilimli va ma’nan yetuk insonlar etib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.