Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Olotda logistika markazi ish boshladi
17:37 / 2024-07-26

Buxoro viloyatining “Olot” chegara postiga tutash hududda zamonaviy logistika markazi tashkil etildi.

Mazkur logistika markazi umumiy qiymati 20 million AQSH dollariga teng. Uning faoliyati “Euroasia Transportation and Logistics Company” MCHJ negizida yo‘lga qo‘yildi. Markazning oylik faoliyat quvvati 745 ta transport qatnovi hamda nazoratini amalga oshirishga mo‘ljallangan bo‘lib, 30 ta ish o‘rni tashkil qilindi.  

Loyihani amalga oshirish uchun tuman hokimligi tomonidan 2019 yil 30 sentyabrdagi 2627-sonli qarorga muvofiq, davlat-xususiy sherikchiligi asosida Solaqorovul mahallasidagi “Olot chegara bojxona posti” hududiga tutash 28 gektar yer maydoni ajratilgan.  

Loyiha bosh rejasiga asosan, 2023-2025 yillar mobaynida hududda jami 16 ta ob’ekt barpo qilinishi rejalashtirilgan. Ayni kunda qurilish ishlari ikki bosqichda amalga oshirilmoqda.  

Hozirda bu hududning 10 gektarli maydon qismi betonlashtirilib, avtoturargoh tashkil qilingan. Shuningdek, 457 metr-kvadrat hududda ikki qavatli mehmonxona binosi va yuklarni qabul qilish hamda saqlash uchun omborxona binosi qurilgan. Bundan tashqari, kafe, savdo do‘koni va avtomobillarga xizmat ko‘rsatuvchi shoxobcha qurib, foydalanishga topshirilgan.  

Loyihaga binoan, zamonaviy logistika markazida 18,3 metr-kvadrat  maydonda kirish-nazorat punkti, 947,3 metr-kvadrat yerda 2 ta ma’muriy bino, 6 ming metr-kvadrat hududda omborxona, qolaversa, tekshirish guruhi uchun xonalar barpo etilgan.  

Bundan tashqari, markazda qo‘shimcha yuk avtomobillari turargohi, sanitariya-karantin hududi, xuddi shunday, yong‘inga qarshi nasos stansiyasi qurilishi yaqinda start oladi. Umuman, loyihaning dastlabki bosqichida olis hududdagi zamonaviy logistika markazi ish faoliyatini boshladi. Hozirda bu hududda 900 tadan ortiq yuk tashish avtomashinasini  saqlash va haydovchilarga xizmat ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yildi.  

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.