Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Olmazor» – «Yangihayot» metro bekatlari oralig‘ida bir tomonlama harakat tashkil etiladi
11:46 / 2024-03-26

Toshkent metropolitenida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha rejadagi profilaktik ishlarning bajarilishi munosabati bilan bugun, 26-mart kuni soat 23:00 dan 00:00 ga qadar «Chilonzor» yo‘nalishining «Olmazor» – «Yangihayot» (4-bekat) bekatlari oralig‘ida poyezdlar harakati bir tomonlama, oraliq vaqt intervallari saqlangan holda tashkil etiladi.

Bu haqda «Toshkent metropoliteni» DUK axborot xizmati ma’lum qildi.  

«Yangihayot» (4-bekat) va «Chinor» (5-bekat) bekatlari oralig‘ida bu vaqt davomida bepul avtobus harakati yo‘lga qo‘yiladi.  

 

M.Komilova, O‘zA