Olmazor tumanidagi Rixsiliy ko‘chasi vaqtincha yopiladi
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida 7 oktyabr soat 09:00 dan 12 oktyabr 17:00 gacha Olmazor tumani Rixsiliy ko‘chasining Yangi Qoraqamish ko‘chasi bilan kesishmasidan Binkat ko‘chasigacha bo‘lgan qismida ta’minot quvurlari ta’mirlanadi.
Shu sababli, yo‘lning bir tomoni transport harakati uchun yopiladi. Har ikki yo‘nalishda harakatlanish yo‘lning ikkinchi tomonida amalga oshiriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
G.Boboyeva tayyorladi,
O‘zA