Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘lmasjon paravelosport va suzish bilan shug‘ullanmoqda
14:14 / 2025-04-04

Sirdaryolik Xurshida Eshonqulovaning o‘g‘li O‘lmasjon 5 yoshga to‘lsa hamki gapirmasdi. Shifokorlar uning ruhiy rivojlanishida nuqson borligini aniqlashdi. Farzandining dardiga davo izlagan ona uni turli darajali mutaxassislar ko‘rigiga olib bordi. Tavsiya qilingan barcha muolajalarni bajardi.

O‘lmasjon gapira boshlagach, onasi u bilan doimiy ravishda muloqotda bo‘ldi, uning qiziqishlarini ro‘yobga chiqarishga, unda bo‘lgan iqtidorlarni yanada rivojlantirishga urindi. Natija esa yomon emas.

Bu davr ichida O‘lmasjonga “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan psixologik yordam ko‘rsatildi. U tibbiy-pedagogik-psixologik komissiya ko‘rigidan o‘tkazilib, maxsus maktabga jalb qilindi.

Ta’kidlash kerak, joylarda faoliyat yuritayotgan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan hamyurtlarimizga ijtimoiy manzilli xizmat ko‘rsatishda yaqin ko‘makchi sifatida ularning ijtimoiylashuvini ta’minlashga hissa qo‘shmoqda.  

[gallery-22644]

Quvonarlisi, markaz tavsiyasi asosida O‘lmasjon paravelosport va suzish sport turlari bilan shug‘ullanishni ham boshladi.   

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/LTPkd8aQiUs" title="Oʻlmasjon paravelosport va suzish bilan shugʻullanmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Shahriyor ORTIQBOEV (surat, video), O‘zA