Toshkent Fotosuratlar uyida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi “Fotorassomlar sho‘’basi” a’zolarining hisobot va havaskor fotograflar qo‘shma ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda qayd etilganidek, mazkur ko‘rgazma yillar davomida ushbu loyiha turli avlod va tajribaga ega mualliflarni birlashtiruvchi barqaror platformaga aylangan bo‘lib, zamonaviy fotografiyaning rivojlanish jarayonlarini aks ettiradi.
Bugungi ko‘rgazmada an’anaviy tarzda O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi “Fotorassomlar sho‘’basi” a’zolari bilan birgalikda, vaqt o‘tib ularning o‘rnini bosadigan, ishlarini professional davom ettiradigan havaskor fotograflar ham ishtirok etmoqda.
Havaskor fotograflarning soni ortib borgani, shuningdek, ularning fotosuratlari sifat jihatdan ham yaxshilangani seziladi.
[gallery-27607]
Joriy yilgi ko‘rgazma muallifiy yondashuvlarning keng ko‘lam va xilma-xilligi bilan ajralib turadi.
Unda 22 “Fotorassomlar sho‘’basi” a’zosi va 79 havaskor fotograflarning 500 ga yaqin ishlari namoyish etildi.
Ishtirokchilar geografiyasi kengayib, O‘zbekistondan tashqari AQSH, Isroil, Rossiya va Mo‘g‘uliston mualliflarini ham qamrab oladi, bu esa loyihaning xalqaro madaniy almashinuvga ochiqligini ko‘rsatdi.
Ekspozitsiyada portretlar, janr sahnalari, manzaralar, sportga bag‘ishlangan suratlar, reportaj turkumlari va mualliflar tomonidan yaratilgan eksperimental loyihalar namoyish etildi.
Ishtirokchilarning ko‘pligi zamonaviy fotografiyaning intellektual xilma-xilligini his qilish imkonini beradi.
Allaqachon san’atda mustahkam o‘rin egallagan, tan olingan ustalarning ishlari bilan bir qatorda, nomlari asosan tor professional doirada tanilgan mualliflarning asarlari ham namoyish etilgan.
Gulnoza Boboyeva, Oybek Pardayev (surat), O‘zA