Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Olmaotalik oltinchi sinf o‘quvchisi parranda fabrikasi ochdi
12:48 / 2017-12-29

Hammasi kvadrotsikl olish orzusidan boshlangan. Bor yo‘g‘i to‘rt oy ichida ajoyib muvaffaqiyatga erishgan o‘smir biznesini yanada rivojlantirish niyatida.

Hammasi kvadrotsikl olish orzusidan boshlangan. Bor yo‘g‘i to‘rt oy ichida ajoyib muvaffaqiyatga erishgan o‘smir biznesini yanada rivojlantirish niyatida.

Miras (ismi tah.) har kuni ertalab fabrikasiga kirishni odatga aylantirdi. Jo‘jalarning suvi bilan yemini bergandan keyingina darsiga yo‘l oladi. Qo‘ldan yasalgan katakda 200 jo‘ja bor. Broyler jo‘jalariga go‘sht bozorida talab katta. Ayni paytda jo‘jalarning dastlabki partiyasini sotib ulgurgan o‘quvchi ikkinchi partiyani ikki oydan so‘ng sotishni rejalashtirmoqda.

“Maktabga ketib, soat beshda kelaman. Shundan so‘ng yem-suvini yana yangidan beraman. Yemiga vitaminlar aralashtiraman”, - deydi 6 sinf o‘quvchisi Miras Kosherboyev.

Jo‘ja boqish fikriga kelishi ham juda qiziq bo‘lgan.

“Kvadrotsiklim bo‘lsa edi” deb orzu qilgan Mirasga buvisi “pulni o‘zing yig‘, uning uchun bironta ish och” deb maslahat beradi. Shu tariqa, sentyabr oyida o‘quvchi 100 ta jo‘ja sotib oladi. Hovlisida kichikroq katak qurib, otasi va buvisining yordami bilan o‘z ishini boshlaydi.

“Ikkalamiz borib sotib oldik. Men faqat maslahat berdim. Hamma ishni nevaramning o‘zi qildi. Birinchi partiya qavm-qarindosh, do‘st-yorondan ortmay qoldi. Mirasning qiziqishi shundan keyin yanada ortdi. Hozir xarajatning hammasi o‘z qo‘lida. Chiqim-kirim xarajatlarini o‘zi hisoblab, harakat qilib yuribdi”, - deydi Mirasning buvisi Bibinur Kosherboyeva.

Tadbirkorlar palatasining vakillari yoshlarning biznesga qiziqishi ortib borayotganini ta’kidlamoqda.

“18 yoshga to‘lmagan yoshlar biznes bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lsa, ota-onasidan ruxsat olishi zarur. Yoshlar uchun maxsus maktab bor. U yerda 18 yoshdan 29 yoshga qadar qabul qilinadi. Lekin 18 yoshgacha bo‘lganlarni ham qabul qilishimiz mumkin. 12 yoshdagi bola ota-onasining nomidan ochish kerak yoki 14 yoshga to‘lgandan keyin xususiy tadbirkor sifatida ro‘yxatga olinishi mumkin”, - deydi Olmata shahri tadbirkorlar palatasining biznes treneri Malik Musabekov.

Miras faoliyatini kengaytirib, g‘oz, o‘rdak, kurka parvarishlashni ham rejalashtirmoqda. Qishloq-xo‘jaligi mahsulotlari bilan savdo qiladigan xususiy do‘kon ochish niyati ham bor.