French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Olmaotada toʻrtinchi choraklik dasturi boʻyicha yozgi maktablar tashkil etilmoqda
15:47 / 2020-05-28

Olmaotalik maktab oʻquvchilari endi toʻrtinchi choraklik dasturlari boʻyicha qoʻshimcha taʼlim olishi mumkin, deb yozadi “Kazinform” axborot agentligi.


Olmaotalik maktab oʻquvchilari endi toʻrtinchi choraklik dasturlari boʻyicha qoʻshimcha taʼlim olishi mumkin, deb yozadi “Kazinform” axborot agentligi.

“Agar epidemiologik vaziyat yaxshi boʻlsa 15-17-avgust kuni yozgi maktablar ochilishi rejalashtirilmoqda. Bolalar xohishiga qarab yozgi maktablarga qatnashi mumkin”, - dedi Olmaota shahri taʼlim sifatini taʼminlash departamenti rahbari Gulnara Yermekbayeva onlayn-brifinda.

Uning taʼkidlashicha, “Yozgi maktab” dasturi boʻyicha 1-10 sinf oʻquvchilari toʻrtinchi choraklik materiallari boʻyicha qoʻshimcha taʼlim olishi mumkin.

Olmaotada bu yil koronavirus pandemiyasi xavfi tufayli maktablar qoshidagi va shahar tashqarisidagi bolalar lagerlari ishlamayapti.