French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Olmaotada Markaziy Osiyo III-xalqaro savdo forumi bo‘lib o‘tdi
17:43 / 2025-11-10

K.I.Satpayev nomidagi Qozog‘iston milliy texnika universitetida Markaziy Osiyo mamlakatlarining diplomatik doira vakillari, biznes va moliya tashkilotlari xodimlari ishtirokida “TRADEX – Central Asian Trade Expo” III-xalqaro savdo forumi o‘tkazildi.

Tadbir Qozog‘iston konsalting va savdo kompaniyalari assotsiatsiyasi, Gonkongning Markaziy Osiyo va Mo‘g‘uliston bo‘yicha savdo kengashi vakolatxonasi hamda K.I.Satpayev nomidagi Qozog‘iston milliy texnika universiteti tomonidan tashkil etildi. 

Yalpi sessiyalar davomida Olmaota shahar xokimligi mutasaddilari, O‘zbekistonning Olmaotadagi bosh konsuli Ravshan Matchanov, Xitoy va Vengriya konsulliklarining savdo-iqtisodiy masalalari bo‘yicha maslahatchilari va attashelari, shuningdek, savdo va logistika sohasidagi ekspertlar ishtirok etdi. 

Diplomatimiz Ravshan Matchanov o‘z nutqida strategik o‘rni va rivojlanayotgan sanoat bazasiga ega O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishga katta ahamiyat berayotganini qayd etdi. Shuningdek, u O‘zbekiston jahon iqtisodiyotiga faol integratsiya qilib, xalqaro bozorlar, jumladan, SHHT, TDT va Yevroosiyo iqtisodiy makoni doirasida o‘z o‘rnini mustahkamlab borayotgani va yurtimizning JSTga a’zo bo‘lish masalasi strategik ustuvor vazifa ekanligini ta’kidladi. 

Uning fikricha, “Xom ashyodan – tayyor mahsulotgacha” strategiyasinining amalga oshirilishi tufayli “Made in Uzbekistan” brendi jahon miqyosida, ayniqsa, to‘qimachilik, agrar, farmatsevtika, mashinasozlik va  IT sohalarida xalqaro e’tirofga sazovor bo‘lmoqda. 

Shuningdek, qo‘shni Qozog‘iston bilan o‘zaro savdo hajmi o‘sib borayotgani ma’lum qilindi. Yil boshidan ikki mamlakat o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi hajmi 3,4 milliard dollarni tashkil etdi, qo‘shma loyihalar portfeli esa 4 milliard dollardan oshgan. 

A.Alimova tayyorladi, 

O‘zA