English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Olmaota viloyatida ikkita AES quriladi
20:29 / 2025-10-03

Qozog‘iston Respublikasi Olmaota viloyatida ikkita atom elektr stansiyasi barpo etilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda qardosh mamlakat Atom energiyasi agentligi rahbari Almasadam Satkaliyev jurnalistlarga ma’lum qildi.

Mulozim ushbu loyihani mintaqada yuzaga kelayotgan elektr taqchilligi bilan izohladi.

– Ikkinchi stansiyamiz ham mamlakat janubida qad ko‘taradi, chunki hozir elektr “Shimol – Janub” tranzit chizig‘i orqali uzatilayotgan bu hududda energiya yetishmovchiligi bor. Ayni payt tenderning barcha ishtirokchilari bilan muzokara olib borilyapti. Xitoyning CNNS kompaniyasi ustuvor pudratchi sifatida ko‘rilsa-da, hali yakuniy qaror qabul qilingani yo‘q.

Agentlik rahbari navbatdagi AES uchun yana bir ehtimoliy joy nomini aytdi: Abay viloyati Kurchatov shahri.

Ma’lumki, RF “Rosatom” davlat korporatsiyasi tomonidan viloyatning Ulken qishlog‘ida birinchi AES quriladi.

S.Rahimov, O‘zA