Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Olmaliqda ishlab chiqarilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinaning ilk dozalari emlash punktlariga tez orada yetkaziladi
16:54 / 2021-09-30

Toshkent viloyati Olmaliq shahrida joylashgan “Jurabek Laboratories” MCHJ qo‘shma korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining 1 million 458 ming 820 dozasi O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati vakillariga topshirildi.

Hozirgi kunda qo‘shma korxona tomonidan jami 7 million doza vaksina ishlab chiqarilgan bo‘lib, keyingi dozalari bosqichma-bosqich emlash punktlariga yetkazib beriladi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Dilshod Akbarov ishtirok etdi.

“Jurabek Laboratories” MCHJ shaklidagi qo‘shma korxonasi tomonidan mazkur vaksinani ishlab chiqarish Xitoyning Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co., Ltd. kompaniyasi bilan imzolangan hamkorlik shartnomasi doirasida amalga oshirilmoqda. Mazkur ishlab chiqarishning tashkil etilishi O‘zbekiston va Xitoy olimlari, virusologlarining hamkorligi natijasidir.

COVID-19ga qarshi ZF-UZ-VAS2001 vaksinasi Xitoy Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti hamda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi va Sog‘liqni saqlash vazirligi Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda Zhifei Longcom Biopharmaceutical kompaniyasi tomonidan yaratilgan. Mazkur vaksina 3-faza klinik sinovlari natijalariga ko‘ra, 3-dozadan so‘ng vaksinaning samaradorligi barcha shtammlar uchun umumiy 81,76 foiz, «britancha» shtammga qarshi esa 92,93 foizni tashkil etdi.

Preparatni ampula shaklini ishlab chiqarish Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co., Ltd. biofarmatsevtika korxonasida ishlab chiqarilgan vaksinaning original substansiyasi asosida amalga oshiriladi.

A.Musayev, O‘zA