French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Olmaliqda bu yil ilk bor uch egizak tug‘ildi
20:06 / 2022-08-13

Har qanday oilaga farzand xursandchilik, baxt olib keladi. Agar ular egizak bo‘lsa, yanada quvonchli.

Xususan, Toshkent viloyat perinatal markazida Tojikiston fuqarosi, Olmaliq shahar Sharof Rashidov mahallasida vaqtincha yashayotgan Ilhom Xusainov va Xolida Safarovalar oilasida  bir yo‘la uch nafar o‘g‘il farzand dunyoga keldi.

Bu oilada bir o‘g‘il va bir qiz kamolga yetayotgan edi. Endilikda ular besh nafar bo‘ldi. Chaqaloqlarga Hasan, Husan va Husniddin, deb ism qo‘yildi.

Hozirda egizaklar tajribali shifokorlar nazoratida ostida. 12 avgust kuni Olmaliq shahar FHDYO bo‘limi tomonidan tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalar egizaklarning xolasi Aziza Baratovaga topshirildi.

Joriy yilning 9 avgustiga qadar Olmaliq shahrida 2 ming 309 nafar chaqaloq tug‘ilgan. Ularning 1 ming 191 nafari o‘g‘il, 1 ming 118 nafari esa qiz. Uch egizakning tug‘ilish yil boshidan beri ilk marotaba qayd etildi.

A.Musayev, O‘zA