Olmaliq shahrining ba’zi hududlarida tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatildi – Energetika vazirligi
Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi "Chambil" MFYda obodonlashtirish ishlari olib borilayotgan vaqtda hududdagi yer osti o‘rta bosimli gaz quvuriga shikast yetkazilgan.
Shu sababli, Olmaliq shahrining "Hamza", "Ibn Sino", "Toshkent", "A.Qahhor", "A.Avloniy", "Yangihayot", "Musa Jalil", "Chambil", "I.Karimov" va "Hilol" MFYlardagi 5 ming 278 ta ko‘p qavatli xonadon, 1024 ta hovli uyli xonadonlar hamda 52 ta ulgurji iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatildi.
Hozirda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda va nosozlik bartaraf etilgach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
O‘zA