Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Olmaliq shaharida 510 oʻrinli zaxira joylari tayyorlanmoqda
08:28 / 2020-07-28

Bemorlar soni koʻpayishi bilan bogʻliq favqulodda vaziyatga tayyor boʻlish maqsadida Olmaliq shaharida jami 510 oʻrinli zaxira joylari tayyorlanmoqda.

Dunyo hamjamiyatini larzaga solayotgan koronavirus pandemiyasi insoniyatdan barcha imkoniyatlarni tezkorlik bilan qoʻllash, zaruriy chora-tadbirlar koʻrishni taqozo etmoqda.

Bemorlar soni koʻpayishi bilan bogʻliq favqulodda vaziyatga tayyor boʻlish maqsadida Olmaliq shaharida jami 510 oʻrinli zaxira joylari tayyorlanmoqda. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

“Olmaliq KMK” AJga qarashli sanatoriy-profilaktoriyasida 60 oʻrinli, “Ammafos-Maksam” AJning sanatoriy-profilaktoriyasida 60 oʻrinli, “Vesna” mehmonxonasida 120 oʻrinli, “MISiS” Olmaliq shahar filialining 120 oʻrinli talabalar yotoqxonasi, “Given Xells” xususiy shifoxonasida 40 oʻrinli hamda “Tibbiy koʻrik” xususiy klinikasida 40 oʻringa moʻljallangan statsionar oʻrinlar zaxiraga olindi.

Bugun Olmaliq shahar hokimi Usmon Rahimov mutasaddi rahbarlar bilan mazkur jarayon bilan tanishib, kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha koʻmak berishga tayyor ekanligini maʼlum qildi.