Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Olmaliq kombinatida yig‘ilgan uyumlar qayta ishlanib, yiliga qo‘shimcha 3 million kub metr qum-shag‘al yetkazib berish yo‘lga qo‘yilishi belgilandi
17:40 / 2024-09-23

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qurilish industriyasi va qurilish materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishi davom etmoqda.

Qurilish materiallari uyushmasi qoshida Koreya namunasi asosida sinov laboratoriyasini tashkil qilish zarurligi qayd etildi.

Laboratoriyada energiya samarador, yuqori qo‘shilgan qiymatli issiqlik saqlovchi materiallar, sanfayans, lak-bo‘yoq, keramika, PVX mahsulotlari hamda xomashyo sifatini tekshirish yo‘lga qo‘yiladi.

Ekologik muvozanatni tiklash maqsadida daryo o‘zanlarini qazishga moratoriy joriy etilgan. Shu munosabat bilan muqobil xomashyo bazasini yaratish bo‘yicha topshiriq berilgan.

Respublika bo‘yicha 135 ta qum-shag‘al uchastkalari aniqlanib, hozirgacha ulardan 40 tasi auksionga chiqarildi. Qolgan 95 ta uchastkalarni auksionga chiqarish bilan bog‘liq masalalarni hal qilish topshirildi.

Yil yakunigacha Olmaliq kombinatida yig‘ilgan uyumlarni qayta ishlovchi sanoat maydonini tashkil etib, yiliga qo‘shimcha 3 million kub metr qum-shag‘al yetkazib berish yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.

O‘zA