Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Olma-Otada otishma oqibatida besh kishi halok bo‘ldi
19:35 / 2021-09-20

Olma-Ota shahrida mahalliy aholi vakili sud ijrochilariga qarata o‘q uzib, besh kishini o‘ldirdi, deb xabar berdi shahar politsiyasi departamenti matbuot xizmati.

Xabarda ta’kidlanishicha, favqulodda holat dushanba kuni soat 17:00 da Oqbuloq shaharchasida sodir bo‘lgan. 1967 yilda tug‘ilgan shaxs uni sud qaroriga binoan uydan chiqarishga kelgan sud ijrochilariga qarata o‘t ochgan. Besh kishi, jumladan, ikki nafar politsiyachi og‘ir jarohat olib hayotdan ko‘z yumgan.

Qotil qo‘lga olingani aytilmoqda.

Hozir vaziyat nazoratga olingan. Jinoiy ish ochilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.