Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oliygohlarga xorijlik mutaxassislar yoki chet elda o‘qib kelgan yoshlar keng jalb qilinadi
19:14 / 2021-06-16

Ma’lumki, joriy yilda chet tillarini o‘rganishga yetarli sharoit yaratish va uni ommalashtirish bo‘yicha yangi tizim joriy etila boshlandi. Bunga mas’ul alohida Agentlik tashkil etildi.

Prezident raisligida o‘tayotgan videoselektorda mazkur Agentlikka 127 ta oliygoh rektorlari bilan birga, ikki oyda xususiy sheriklik asosida o‘qituvchi va talabalarga xorijiy tillarni puxta o‘rgatadigan til markazlarini tashkil etish vazifasi qo‘yildi.

Xorijiy tillarda o‘qishni keng targ‘ib etish uchun, bevosita xorijiy mutaxassislar yoki chet elda o‘qib kelgan yoshlarni oliygohlarga keng jalb qilish zarurligi ta’kidlandi.

Har bir oliygoh rektori yil yakuniga qadar kamida 10 nafardan chet elda o‘qib kelgan yoshlarni jalb etib, mutaxassislik fanlarini xorijiy tillarda o‘qitishni

yo‘lga qo‘yish kerakligi aytildi.

O‘zA