Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oliygoh va ota-onalar hamkorligi
15:39 / 2022-06-01

Qarshi davlat universitetida talabalarning ota-onalari ishtirokida “Ta’lim-tarbiya samaradorligini yanada oshirishda uzviy hamkorlik” mavzusida tashkil qilingan muloqot ayni shu masalaga bag‘ishlandi.

Muloqot jarayonida ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarni qo‘llab-quvvatlash, kiyinish va muomala madaniyati, darslarda ishtiroki, ijarada va universitet yotoqxonalarida yashaydigan talabalar bilan tizimli ishlash hamda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, o‘quv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda olib borilayotgan islohotlar va istiqboldagi rejalar xususida ma’lumot berildi.

Tadbirda fanlarni yaxshi o‘zlashtirayotgan, kiyinish va muomala madaniyatiga rioya qiladigan, namunali xulqi, odobi bilan barchaga o‘rnak bo‘layotgan faol talabalar e’tirof etilib, ularning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.

Tadbir davomida universitet prorektorlari, fakultet dekanlari, huquq-tartibot idoralari vakillari va ota-onalarning fikr-mulohazalari ham tinglandi. Muloqotdan so‘ng ota-onalar oliygohning o‘quv laboratoriyalari, talabalar turar joylarida farzandlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Ko‘rsatilgan e’tibor va farzandlarining sifatli ta’lim olishlari uchun oliy ta’lim muassasasida yaratilgan imkoniyatlardan mamnun ekanliklarini bildirdi.

Ma’lumot o‘rnida, Qarshi davlat universitetida 2021-2022 o‘quv yili holatida 22 ming 781 nafar, shundan kunduzgi ta’lim shaklida 13 ming 214 nafar talaba tahsil olmoqda. Oliy ta’lim muassasasida 14 ta fakultet hamda 42 ta kafedra faoliyat ko‘rsatmoqda.

O‘lmas Barotov, O‘zA.