Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oliy va professional ta’lim sohalarini rivojlantirishda xalqaro hamkorlikning yangi bosqichi
10:32 / 2022-07-21

Ayni kunlarda Qozog‘iston Respublikasining Nursulton shahrida Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti tomonidan “Markaziy Osiyoda iqtisodiyotning o‘sish tarmoqlari uchun professional ta’lim” loyihasi doirasidagi xalqaro seminar bo‘lib o‘tmoqda.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi vakillari, Pedagogik innovatsiyalar instituti, Toshkent davlat agrar universiteti, Toshkent kimyo texnologiyalari instituti mutaxassislari, O‘zbekiston oziq-ovqat uyushmasi va boshqa ish beruvchi tashkilotlar mas’ullari ishtirok etmoqda.

Seminarda loyiha yuzasidan 2022/2024 yillarda oliy va professional ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Mazkur loyihani amalga oshirish maqsadida Markaziy Osiyo davlatlaridan O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston uchun 10 million yevro mablag‘ ajratish belgilangani ta’kidlanib, bu mablag‘ asosan professional ta’lim sohasini rivojlantirishga yo‘naltirilishi qayd etildi.

Shuningdek, loyiha doirasida oziq-ovqat va logistika sohasida Germaniya tajribasi asosida ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, pedagoglar malakasini oshirish hamda professional ta’lim muassasalarida dual ta’lim shaklida mutaxassislar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashildi.

O‘zA