English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻzi oʻqigan maktabda dars oʻtdi
17:52 / 2019-09-04

Bugun, 4-sentyabr kuni mamlakatimizdagi barcha oliy taʼlim muassasalarida yangi oʻquv yili “Mustaqillik darslari” bilan boshlandi. Davlat va jamoat arboblari, senatorlar, deputatlar, mahalliy hokimlik rahbarlari talabalarga dars oʻtdi.


Bugun, 4-sentyabr kuni mamlakatimizdagi barcha oliy taʼlim muassasalarida yangi oʻquv yili “Mustaqillik darslari” bilan boshlandi. Davlat va jamoat arboblari, senatorlar, deputatlar, mahalliy hokimlik rahbarlari talabalarga dars oʻtdi.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Inomjon Majidov oʻzi tahsil olgan respublika fizika-matematika maktab-internati – hozirgi OʻzMUning S.Sirojiddinov nomidagi akademik litseyining birinchi bosqich oʻquvchilari bilan uchrashdi.

Vazir oʻquvchilarga jamiyatimizda kechayotgan oʻzgarishlarni oliy taʼlim tizimi misolida tushuntirib berdi. Iqtisodiyot rivoji uchun zarur boʻlgan malakali kadrlarni tayyorlash maqsadida oxirgi uch yilda 35 ta yangi oliy taʼlim muassasasi tashkil qilingani, ularning umumiy soni 112 taga yetgani hamda 13 ta nufuzli xorijiy universitetning filiallari tashkil qilinganini alohida taʼkidlab oʻtdi.

– Xuddi sizdek men ham bu maskanga ilk bor kelganimni yaxshi eslayman, – dedi Inomjon Majidov oʻquvchilar bilan uchrashuvda. – Bu yerdagi tartib-intizom, oʻquv yuklamasi, oʻqituvchilarning talabchanligi sizlarni aslo choʻchitmasin. Ishoning, bugun bu yerda masalalar koʻpligidan qiynalsangiz, ertaga katta hayotda oʻzingizga oson boʻladi. Chunki hayot ham masala yechishdek jumboqlarga toʻla, kurashlardan iborat.