Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oliy toifali shifokorlar maoshini ming dollarga yetkazish mo‘ljallanmoqda – Prezident
12:27 / 2021-11-06

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining O‘zbekiston Respublikasi saylangan Prezidentining lavozimiga kirishishiga bag‘ishlangan qo‘shma majlisi davom etmoqda.

–Taraqqiyot strategiyamizda xalqimiz salomatligini ta’minlash bundan buyon ham bosh vazifa bo‘lib qoladi. Ushbu sohaga yo‘naltiriladigan mablag‘larni 2 barobar oshirish, jumladan, kelgusi besh yilda oliy toifali shifokorlar maoshini ekvivalent hisobida ming dollarga yetkazish mo‘ljallanmoqda. Asosiy maqsad – tibbiyot sohasini chinakamiga xalq dardiga darmon bo‘ladigan, yuqori samara bilan ishlaydigan tizimga aylantirishdan iborat,– dedi Shavkat Mirziyoyev. –Tibbiyotning birlamchi bo‘g‘ini orqali tibbiy profilaktikaga, oilaviy shifokorlar rolini oshirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Jumladan, aholi orasida eng ko‘p tarqalgan va erta o‘limning asosiy sababi bo‘lgan kasalliklarni barvaqt aniqlash, maqsadli skrining tadbirlarini amalga oshirish, profilaktik maxsus preparatlar bilan bepul ta’minlash hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish choralari ko‘riladi.

O‘zA